16:34 / 28.11.2016
6 979

Facebook Hindistonning eng chekka tumanlarini internet bilan ta’minladi

Facebook Hindistonning eng chekka tumanlarini internet bilan ta’minladi

Facebook kompaniyasi Hindistonda Express Wi-Fi servisi omadli tarzda ishga tushirilgani haqida ma’lum qildi. U mamlakatning eng chekka tumanlarini ham internet bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Servisni faol tarzda sinovdan o‘tkazish 2016 yilning avgustida boshlangan. Avvalroq, Facebook butun Hindiston bo‘ylab Free Basics dasturi yordamida internetni o‘tkazishga harakat qilgandi, biroq normativ-huquqiy baza tufayli uni bloklashga majbur bo‘lindi.

Facebook hozircha aynan qaysi tumanlarda Express Wi-Fi’dan foydalanish mumkinligiga oydinlik kiritmadi. Loyiha hali-hamon tegishli tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda. Hindistonning qishloq joylaridagi aholi uchun internet paketlari narxi ham hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook Hindistonning eng chekka tumanlarini internet bilan ta’minladi