OAV: Apple botiq displeyli iPhone’ni 2017 yildayoq chiqarishi mumkin

  • 29 noyabr 2016, 13:28
  • 4 374
  • Texnologiya
  • OAV: Apple botiq displeyli iPhone’ni 2017 yildayoq chiqarishi mumkin

    2017 yilda organik yorug‘lik diodlarida ishlaydigan botiq displeyli iPhone sotuvga chiqishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

    Nashr aniqlik kiritishicha, Apple ingichka displeylar (OLED) ishlab chiqarish hajmini oshiradi va piksellari Samsung qurilmalariga nisbatan ancha yuqori bo‘lgan displeylar prototiplarini ishlab chiqadi.

    OLED texnologiyasi qimmatbaho bo‘lganligi sababli, botiq displeyli modellar narxi oddiy displeyli modellarnikidan balandroq bo‘ladi.

    Manbalar aytishicha, Apple bunday modelni 2017 yilda chiqarmaslik haqida qaror qabul qilishi mumkin, bu yangi iPhone’larning o‘nta prototipidan bittasi, xolos.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » OAV: Apple botiq displeyli iPhone’ni 2017 yildayoq chiqarishi mumkin