21:01 / 29.11.2016
7 065

Instagram skrinshotlar haqida xabar beradi

Instagram skrinshotlar haqida xabar beradi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i bundan buyon xabarlar skrinshotlari haqida ma’lumotlar beradi. Life.ru'ga ko‘ra, yangilik instagramning barcha xabarlariga taalluqli emas, ular faqat foydalanuvchi Instagram Direct orqali yuboruvchi xabarlarga tegishli, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Bir haftadan ortiqroq vaqt avval mobil ilovaning navbatdagi versiyasida Instagram Direct'da suratlar, videolar hamda jonli translyasiyalar (hozircha hamma foydalanuvchilar foydalana olmaydi) yo‘qolib borayotganligi ma’lum bo‘ldi. Efir nihoyasiga etgach, uning tarixi ham yo‘qoladi.

"Instagram nima uchundir foydalanuvchilarni yana bir yangilikdan bexabar qoldirdi: kimdir uning yo‘qolib borayotgan kontentidan skrinshot olishga urinsa, foydalanuvchi bu haqida tizimli xabar oladi", - deb yoziladi manbada.

Bu ba’zi foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Hattoki nufuzli The Verge resursi ham dastlab yangilik Instagram Direct'gagina emas, barcha xabarlarga tegishli ekanligi haqida ma’lumot berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram skrinshotlar haqida xabar beradi