Bristol Universiteti mutaxassislari minglab yillar davomida u qadar kuchli bo‘lmagan qurilmalarni quvvat bilan ta’minlay oladigan yadroviy akkumulyator prototipini ishlab chiqishdi. Radiasiyalar va zararli moddalar ziyoni nolga teng. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Yadroviy akkumulyator ichiga sun’iy olmos o‘rnatilgan. U radioaktiv maydonga joylashtirganda u qadar kuchli bo‘lmagan elektr tokini ishlab chiqaradi.
Olimlar radioaktiv nurlanish manbai sifatida nikel-63'dan foydalanishdi. Biroq uni grafit bloklarda hosil qilingan uglerod-14'ga almashtirilsa, izotop qurilma faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Uglerod-14'dagi batareya 5730 yilda zaryadning yarmini yo‘qotadi.
Yadroviy akkumulyatorlarda harakatlanuvchi qismlar yo‘q, ularga ishlash jarayonida xizmat ko‘rsatish lozim emas. Batareyalar radioaktiv zararli moddalarni ishlab chiqarmaydi va atmosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Riadioaktiv izotoplar sun’iy olmoslar ichida kapsullanadi. Shuning hisobiga toza energiyaning uzoq muddatli generasiyasi ta’minlanadi.
Yadroviy akkumulyatorlarni kardiostimulyatorlar va shu kabi inson tanasiga o‘rnatiladigan boshqa qurilmalarda qo‘llash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek ularni uchuvchisiz qurilmalar, kosmik kemalar va etish qiyin bo‘lgan joylardagi boshqa jihozlarda qo‘llash mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi