23:32 / 01.12.2016
6 330

Yandeks korporativ foydalanuvchilar uchun yangi messenjer chiqaradi

Yandeks korporativ foydalanuvchilar uchun yangi messenjer chiqaradi

Rossiyaning Yandeks kompaniyasi tez kunda korporativ foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan “Konnekt” nomli platformani taqdim etadi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

“Yandeks.Konnekt” veb sayt va personal kompyuterlarga chiqarilgan ilovani o‘zaro birlashtiradi. Tizim kompaniya doirasida muloqotni bo‘limlar yoki mavzular bo‘yicha taqsimlashga ko‘maklashadi. Shuningdek, yozishmalar yuritish va o‘zaro fayl almashishga imkoniyat beradi.

Bundan tashqari, mazkur platforma loyihasi asosida Android va iOS dasturlariga mo‘ljallangan “Yamb” nomli mobil ilova ham yaratiladi. Ushbu klient faqatgina “Yandeks.Konnekt” platformasiga bog‘langandagina faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi. Albatta, platforma Yandeksning boshqa servislari bilan faol integrasiyalanadi. Ularga “Pochta”, “Disk” bulutli xotirasi, “Kalendar” va “Kontaktlar”ni misol qilish mumkin.

Hozircha “Yandeks.Konnekt” platformasi va “Yamb” ilovasining taqdimot sanasiga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yandeks korporativ foydalanuvchilar uchun yangi messenjer chiqaradi