11:46 / 03.12.2016
7 243

YAAO 10 900 mA/st sig‘imli batareyaga ega smartfonni sotuvga chiqaradi

YAAO 10 900 mA/st sig‘imli batareyaga ega smartfonni sotuvga chiqaradi

Sir emas, xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilar ba’zida kutilmagan xususiyatga ega qurilmalar bilan barchani hayron qoldirishadi. Bu gal hali unchalik yaxshi tanilmagan Xitoyning YAAO kompaniyasi kuchli batareya bilan jihozlangan YAAO 6000 Plus smartfonini namoyish etdi.

Terabayt sayti yozishicha, YAAO 6000 Plus modeliga 5,5 dyuymli HD (720 x 1280 piksel) ekran, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera o‘rnatilgan. Qurilma to‘rt yadroli MediaTek MT6735 prosessorida ishlaydi. Operativ xotirasining sig‘imi 1 GB. Shuningdek, 16 GBli ichki xotira ham ko‘zda tutilgan.

Qurilma Alibaba tomonidan Android bazasida yaratilgan YunOS dasturida faoliyat ko‘rsatadi. Ikkita SIM-karta ishi va LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. YAAO 6000 Plus 5 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan. Narxi 218 dollar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YAAO 10 900 mA/st sig‘imli batareyaga ega smartfonni sotuvga chiqaradi