07:56 / 05.12.2016
9 692

Nexia avtomobilini ishlab chiqarish rasman to‘xtatildi

Nexia avtomobilini ishlab chiqarish rasman to‘xtatildi

2016 yil Daewoo Nexia modelining uzoq davom etgan tarixidagi oxirgi yil bo‘ldi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmatida Wroom.ru saytiga ma’lum qilindi. Avtomobil ishlab chiqarilishi avgustdayoq yakunlangan.

Model Asakadagi zavodda 1996 yildan boshlab chiqarila boshlagan. Janubiy Koreyada avtomobilni 1997 yildayoq yig‘ish to‘xtatilgan, biroq O‘zbekistonda bu mashina ishlab chiqarilishi to‘liq hajmda borgan. Uzoq vaqt Nexia yagona variantdagi – 1,5 litrli va 75 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanib kelgan. Biroq 2003 yildan modelning 1,5 litrli, 85 ot kuchiga ega yangi versiyasi paydo bo‘lgan.

2008 yilda Britaniyaning Concept Group injiniring kompaniyasi bilan birgalikda mashina restayling qilingan. Yangi "Neksiya" yangi yorug‘lik texnikasi, o‘zgacha bamper, yangi old panel, yangi asboblar kombinasiyasini olgan. Mashina ikki xil turdagi dvigatel bilan jihozlangan: 8 silindrli, 1,5 litrli va 80 ot kuchiga ega dvigatel va 16 silindrli, 1,6 litrli va 109 ot kuchiga ega dvigatel.

2016 yilda mashina yig‘ilishi to‘xtatilgan: avgust oxirida mashinaning oxirgi nusxalari ishlab chiqarilgan. Biroq uning nomini avvalgi avloddagi Chevrolet Aveo sedanining nusxasi hisoblangan "Ravon Nexia" modelida ishlatishga qaror qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nexia avtomobilini ishlab chiqarish rasman to‘xtatildi