15:11 / 10.12.2016
6 197

Xiaomi o‘z brendi ostida elektromobil ishlab chiqarishi mumkin

Xiaomi o‘z brendi ostida elektromobil ishlab chiqarishi mumkin

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Weibo tarmog‘ida yangi mahsulotning tizerini e’lon qildi. Tizerdagi barcha tafsilotlar elektromobilga tegishli. Biroq hali ushbu ma’lumot to‘liq tasdig‘ini topmagan. Bu haqda Hi-Tech.Mail.Ruga asoslanib Terabayt.uz xabar bermoqda.

Xitoy ijtimoiy tarmog‘ida nashr etilgan bannerda avtomobil shinasining izlari aks etgan, “E-ABS” degan yozuv esa elektron antibloklash tizimidan darak bermoqda. Shuningdek, xitoycha yozuvdagi bannerda kruiz-kontrol va parmalangan tormoz disklar haqida ham so‘z bormoqda. Yangi mahsulotning taqdimoti 12 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi rahbari Ley Yun o‘tgan yili kompaniya yaqin 5 yil mobaynida avtomobil ishlab chiqarmasligini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi o‘z brendi ostida elektromobil ishlab chiqarishi mumkin