Shu kungacha 6,8 dyuymli Zenfone 3 Ultra modeli ASUS kompaniyasining eng yirik ekranli smartfoni hisoblanar edi. Biroq tayvanlik kompaniya kuni kecha bundan-da kattaroq ekranga ega bo‘lgan 6.9 dyuymli Zenfone Go ZB690KG modelini namoyish etdi.
Biroq garchi juda yirik hajmda tayyorlangan bo‘lsa-da, mazkur yirik ekranli model flagman qurilmalar qatoriga kirmaydi. Gadjet to‘rt yadroli takt chastotasi 1,2 GGs bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 200 prosessori, 1 GB tezkor va 8 GB doimiy xotira bilan jihozlangan, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
ASUS Zenfone Go ZB690KG displeyining aniqligi – 1024 x 600 piksel, microSD-slot, 8 MPli asosiy va 2 Mpli old kameraga ega. Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 interfeyslari, 3G tarmoqni qo‘llab-quvvatlaydi. Batareyasining sig‘imi – 3480 mA/soat. Og‘irligi 265 gramm, o‘lchamlari — 101,4 × 187,96 × 8,85 mm.
Gadjetning narxi hozircha ma’lum qilinmagan. Biroq bunday texnik parametrlarga ega smartfonning narxi qimmat bo‘lishi mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi