Robotlar turmushning turli jabhalariga kirib kelishda davom etmoqda. Joryi haftada Sidney va Melbern shaharlaridagi Stockland kompaniyasining savdo markazlarida birinchi robotlashtirilgan yordamchilar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.
Robotlarga Chip degan nom berilgan, bo‘yi 1,7 metr, og‘irligi 100 kilogrammni tashkil qiladi. Robotlarga 12,1 dyuymli sensorli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali xaridorlar chegirma yoki mahsulot rastasining o‘rni kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Robotlar kamera, lazer, ultratovushli skaner, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan, bu esa ularga xaridorlarni yuzini aniqlash va savollarga javob qaytarishga yordam beradi. Shuningdek, Avstraliyaning beshta ilg‘or universitetlarida tahsil oladigan ijtimoiy robotexnika bilan shug‘ullanadigan talabalarga ushbu robotlar ustida tajribalar o‘tkazishga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi