15:12 / 13.12.2016
7 049

Apple kompaniyasi ikkita SIM-kartali iPhone 8’ni chiqaradi

Apple kompaniyasi ikkita SIM-kartali iPhone 8’ni chiqaradi

Xitoyning Weibo mikrobloglar servisida Apple kelasi yili ikkita SIM-kartali iPhone’ni chiqarishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb yozadi «Daryo». Nashr eslatishicha, bunday smartfonni Apple shu yilning iyulidayoq patentlab qo‘ygan edi.

AQSh Patentlar va savdo belgilari byurosi e’lon qilgan hujjatda ta’kidlanishicha, smartfon ikkita faol liniya bilan ishlay oladi, ya’ni qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita operatorning tarmog‘ida bo‘la oladi. Bunday texnologiya hujjatda Dual SIM Dual Active deb nomlangan.

Boshqa mish-mishlarga ko‘ra, Apple 2017 yilda iPhone’ning bir yo‘la uchta modifikasiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Katta versiya OLED-displey bilan jihozlanishi va ekran deyarli butun old panelni egallashi taxmin qilinmoqda.

Qolgan ikkita modifikasiya 4,7 va 5,5 dyuymli ekranlarga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi ikkita SIM-kartali iPhone 8’ni chiqaradi