15:15 / 13.12.2016
5 278

Xitoyda iPad Air quvvat olish chog‘ida portlab ketdi

Xitoyning Tencent nashri iPad Air portlashi bilan bog‘liq holat haqida xabar berdi, deb yozadi «Daryo». Qurilma quvvat olish chog‘ida qattiq qizib ketdi, portlashdan so‘ng bo‘laklar butun xonaga uchib ketdi.
Xitoyda iPad Air quvvat olish chog‘ida portlab ketdi

Portlash haqida Ninbo shahrida yashovchi Lin familiyali kishi aytib berdi. Uning ta’kidlashicha, u kechqurun 2015 yilda chiqarilgan planshetini (modeliga aniqlik kiritilmayapti) tumbaga qo‘yib, zaryad qurilmasiga ulagan.

Kechasi planshet qattiq qizib, portlab ketgan. Tumbada alangadan keyin katta qora dog‘ qoldi, qurilmaning o‘zi esa bo‘laklarga ajralib ketib, qayta tiklanmaydigan holatga keldi.


Erkakning o‘zi jabrlanmagan. U qalin kiyimda bo‘lgan — aynan shu narsa uni qutqarib qolgan. Planshetning egasi farzandlari portlab ketgan iPad Air rasmini Apple kompaniyasiga jo‘natganini aytdi. Kompaniya hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda iPad Air quvvat olish chog‘ida portlab ketdi