14:41 / 14.12.2016
6 584

+Winter smart-pataklari oyoqni issiq saqlashga xizmat qiladi

+Winter smart-pataklari oyoqni issiq saqlashga xizmat qiladi

+1 jamoasidagi mutaxassislar aqlli buyumlar qatoriga yana bir antiqa mahsulotni kiritishga qaror qildilar. Ular Kickstarter kraud-fanding platformasida +Winter nomli smart-pataklarni ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ish jarayonini boshlab yubordilar, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

+Winter pataklari smartfonga Bluetooth orqali ulanadi, simsiz zaryadlash funksiyasiga ega, optimal haroratni sozlashga imkon beradi. Pataklar foydalanuvchining oyoqlarini issiq saqlashga xizmat qiladi. Pataklarni bir marta to‘liq zaryadlab, ulardan besh saot davomida foydalanish mumkin. Patakning qalinligi 6 mm, barmoq sohasining qalinligi 2 mm. Ular suv o‘tkazmaydi, shu bois foydalanish vaqtida (ayniqsa qorli joylarda) qo‘shimcha qulaylik yaratadilar. Maxsus mobil ilova yordamida zaruriy haroratni sozlash imkoniyati mavjud.

+Winter pataklarini ayni paytda Evropada xarid qilish mumkin, narxi 98 dollar atrofida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » +Winter smart-pataklari oyoqni issiq saqlashga xizmat qiladi