14:43 / 14.12.2016
6 330

Google iPhone’dan Android’ga o‘tish uchun yordam beradigan yangi funksiyani ishga tushiradi

Google iPhone’dan Android’ga o‘tish uchun yordam beradigan yangi funksiyani ishga tushiradi

Apple va Google o‘rtasida mobil operasion tizim bozorini egallash bo‘yicha jiddiy raqobat ketayotgani barchaga ma’lum. So‘nggi paytlarda, Samsung va Google singari kompaniyalar iPhone’dan Android’ga o‘tishda foydalanuvchining fayllarini osonlik bilan ko‘chirishga yordam beradigan bir qator funksiyalarni yaratib kelmoqdalar. Shunday funksiyalarda biri yaqinda iOS dasturiga mo‘ljallangan Google Drive ilovasida paydo bo‘ladi. Endi iPhone smartfondan Android qurilmaga o‘tishni istaganlar ushbu ilova orqali iPhone’dagi barcha ma’lumotlarni (kalendar, kontaktlar, rasm va boshqa) arxivlab, keyinchalik ularni Android smartfonda qayta tiklashlari mumkin, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Yangi funksiya iOS’ga mo‘ljallangan Google Drive ilovasidagi “Backup” (Arxivlash) menyusida amalga oshiriladi. Google kompaniyasining aniqlik kiritishicha, ushbu jarayon bir necha soatni talab etishi mumkin, Shu bois bunday paytda iPhone’ga zaryadlash qurilmasini ulash tavsiya etiladi.

Ushbu ilovaning iOS dasturiga mo‘ljallangan yangi versiyasini tez orada yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google iPhone’dan Android’ga o‘tish uchun yordam beradigan yangi funksiyani ishga tushiradi