12:59 / 15.12.2016
6 747

10 ming marotaba kamroq quvvat sarflaydigan Wi-Fi texnologiyasi ixtiro qilindi

10 ming marotaba kamroq quvvat sarflaydigan Wi-Fi texnologiyasi ixtiro qilindi

Smarfon yoki planshetda Wi-Fi simsiz aloqasi sezilarli darajada batareya quvvatini sarflashini hamma biladi. Ayniqsa, ushbu aloqa orqali katta hajmdagi fayllar o‘tkazilganda quvvat sarfi yanada oshadi. AQShning Vashington universiteti tadqiqotchilari joriy Wi-Fi standartidan ko‘ra 10 000 marta kam energiya sarflaydigan Wi-Fi signalini chiqaradigan texnologiyani yaratishdi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti. Ishlanmaga “Passiv Wi-Fi” nomi berilgan bo‘lib, u mazkur standartdagi aloqani kelgusida butulay yangi pog‘onaga olib chiqishi aytilmoqda.

Yangi texnologiya raqamli va analogli amallarni ikkiga ajratish asosida ishlaydi. Passiv Wi-Fi signalni yuborish uchun alohida analogli tranzistordan foydalanadi, natijada mazkur signal yutiladi va kam quvvat ishlatadigan raqamli o‘tkazgichlar orqali an’anaviy paket formatida yuboriladi.

Passiv Wi-Fi texnologiyasining energiya sarfi Bluetooth LE yoki ZigBee modullariga qaraganda 1000 marta kamroq ekan. Yangi texnologiyani 2017-yilda amaliy misolda namoyish qilish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 10 ming marotaba kamroq quvvat sarflaydigan Wi-Fi texnologiyasi ixtiro qilindi