12:30 / 17.12.2016
6 144

Apple va Google elastik OLED displeylar etkazib berishda LG bilan hamkorlik qiladi

Apple va Google elastik OLED displeylar etkazib berishda LG bilan hamkorlik qiladi

AQShning gigant korporasiyalari Samsung’ning OLED displeylar tayyorlash monopoliyasiga tez orada kuchli zarba berishni rejalashtirgan. Shu maqsadda Apple, Microsoft va Google kompaniyalari elastik OLED displeylar etkazib berish bo‘yicha yana bir Janubiy Koreya firmasi — LG bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar bermoqda Terabayt.uz.

Apple nomi bejizga ro‘yxatda kelmagan. Boisi “Olma” keyingi yilda OLED-panelli iPhone‘larni ishlab chiqarishi haqida turli xabarlar yuribdi. Google esa kelgusi Pixel smartfonlarida, Microsoft bo‘lajak Surface gadjetlarida aynan elastik OLED displeylarni qo‘llamoqchi. LG yuqoridagi AQSh brendlari uchun 2018 yilda yalpi tarzda elastik OLED displeylarni tayyorlashni boshlab yuboradi.

Hozircha LG Display mazkur kelishuvga izoh bermagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple va Google elastik OLED displeylar etkazib berishda LG bilan hamkorlik qiladi