Internetga kirish imkoni mavjud bo‘lgan kompyuterlar Amerika universitetlaridagi talabalarning o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. Bu borada o‘tkazilgan tajribada hatto eng aqlli talabalar ham yomon natija ko‘rsatishdi. Psychological Science jurnalida chop etilgan maqolada shu haqida so‘z yuritildi.
Michigan shtati universitetida faoliyat yurituvchi Syuzan Ravissa va uning hamkasblari maqola mualliflari o‘tkazgan psixologiya kurslariga qatnagan yuzlab talabalarning o‘qishini kuzatib, ana shunday xulosaga kelishdi. Olimlarning ta’kidlashicha, talabalar tajribada ishtirok etishga o‘zlari rozilik berishgan va ularning onlayn-faolliklari nazorat ostida bo‘lishini bilishgan.
Olimlar talabalarning bir qismiga kompyuter va tarmoqlardan foydalanishga ruxsat berishgan. Boshqalari esa vaqtinchalik bunday imkoniyatdan mahrum qilingan. Ba’zi ishtirokchilar esa faqat bilim olish maqsadida internetdan foydalangan.
15 ma’ruzadan iborat kurs oxirida Ravissa talabalar orasida blis-test o‘tkazgan. Ushbu tajriba natijalari kutilganidek bo‘lib chiqqan — yakuniy nazorat ishida kompyuterdan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan talabalar bunday imkondan mahrum bo‘lgan talabalarga qaraganda yomon baho olishgan.
Shunisi qiziq-ki, noutbuklardan bilim olish maqsadida foydalanish talabalarga hech qanday yordam bermagan — ularning natijasi «kompyuterli» guruh natijasi bilan deyarli bir xil bo‘lgan. Olimning so‘zlariga ko‘ra, ma’ruzani qo‘lda yozish talabalarni boshqa narsaga chalg‘imasdan, ma’lumotlarni yaxshi eslab qolishga yordam bergan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!