Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 13,3 dyuymli ekran bilan jihozlangan og‘irligi 800 gramm bo‘lgan Samsung Notebook 9 modelini tez orada sotuvga chiqarishni rejalashtirgan, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Noutbukning displeyi 180 gradusga aylanadi, bu esa taqdimot yoki foto-sessiyalarni ko‘rsatish jarayonida qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Qurilmada Micro Arc Oxidation (MAO) texnologiyasi qo‘llanilgani tufayli u turli tashqi ta’sirlarga chidamli. Ettinchi avloddagi Intel Core i5 yoki i7 prosessorlarida ishlaydi, 80 daqiqa mobaynida gadjet batareyasini 100% quvvatlash imkoniyati mavjud.
USB Type-C porti orqali esa noutbukni smartfon adapteri yordamida zaryadlash mumkin. Samsung Notebook 9 barmoq izi skaneri bilan himoyalanadi, ekran yuqori yorqinlik darajasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, noutbukdan tashqi sharoitlarda foydalanganda displey yorqinligini oshiradigan Outdoor Mode rejimi ham ko‘zda tutilgan.
Qurilma yanvar oyida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda. Narxi haqida hozircha ma’lumot mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi