Facebook tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi

  • 21 dekabr 2016, 09:26
  • 4 000
  • Texnologiya
  • Facebook tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi

    Amerikaning Facebook kompaniyasiga qarashli Aquila tajribaviy uchuvchisiz uchar qurilmasi o‘tgan yozdagi sinov parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bunga kuchli shamol sabab bo‘lgan – u qanotlarga zarar etkazdi. Bu haqda transportdagi xavfsizlik bo‘yicha Milliy boshqarma xabar berdi. Mahkama bu holat borasidagi tekshiruv natijalariga bag‘ishlangan hisobotni taqdim etgan. Facebook asoschilaridan biri Mark Sukerberg esa iyulda qurilma sinovlari omadli ravishda o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgandi. U quyosh quvvati yordamida ishlaydi hamda uzoq tumanlarda yashovchi aholiga internetga ulanish imkonini beradi.

    Boshqarma hisobotiga ko‘ra, hodisa 28 iyun kuni Arizona shtatidagi tajribalar davomida ro‘y bergan. Aquila er yuzasidan olti metr balandlikda soniyasiga 12,9 metr tezlikda harakatlangan. "Uskuna tezlikni o‘zgartirib, bir tomonga og‘ib ketgan. Bu girdobli harakat oqibatida ro‘y berdi", - deya xulosa qilishgan tekshiruvchilar. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, uchar qurilmaga "jiddiy zarar" etgan, biroq erda hech kim jabrlanmagan.

    Sukerberg 22 iyul kuni kompaniya muhandislari ushbu loyiha ustida ikki yil ish olib borishgani haqida xabar bergandi. Qurilma atigi bir necha yuz masofani bosib o‘tgan.

    Aquila’ning qanotlari Boeing 737 samolyotiga o‘xshash bo‘lib, og‘irligi atigi 450 kilogramm keladi. Qurilma "uchar qanot" aerodinamik sxemasi asosida yaratilgan va to‘rtta parrak bilan jihozlangan. Aquila 18 kilometr balandlikda parvoz qilishi hamda lazer nuri yordamida foydalanuvchilarning internetga ulanishlariga yordam beradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Facebook tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi