11:40 / 22.12.2016
5 674

Yaqin orada iPhone smartfonlari Hindistonda ishlab chiqarilishi mumkin

Yaqin orada iPhone smartfonlari Hindistonda ishlab chiqarilishi mumkin

Amerikaning Apple korporasiyasi Hindiston hududida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ruxsat olishga urinmoqda, deb yozgan Kun.uz nashri.

U Hindiston hukumatidagi manbalariga asoslangan holda shu haqda ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, korporasiya rahbariyati o‘tgan oyda shunday taklifni yuborgan. Apple o‘z mahsulotlari savdosini sezilarli oshirish va shu bilan Janubi-Sharqiy Osiyodagi bozorini kengaytirishni xohlamoqda. Nashrning yozishicha, bugungi kunda kompaniyaning Hindiston smartfonlar bozoridagi ulushi 5 foizdan oshmaydi.

"Apple Hindistonda Xitoyda erishilgan muvaffaqiyatidan o‘zib ketmoqchi", - deya manbasi so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

1976 yilda asos solingan Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari, iPad planshet kompyuterlari, iPod musiqa pleerlari, MacBook noutbuklari, iMac stol kompyuterlarini hamda boshqa yuqori texnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korporasiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi, uning bozor kapitallashuvi oktyabr oyi oxiriga ko‘ra, 620 mlrd AQSh dollaridan oshib ketgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaqin orada iPhone smartfonlari Hindistonda ishlab chiqarilishi mumkin