Facebook ijtimoiy tarmog‘i yangi Live Audio xizmatining sinovini boshladi. Bu audiotranslyasiyalarni onlayn tarzda efirga uzatish imkonini beradi. Bu haqda Kun.uz sayti yozgan.
U birinchi galda audiokontent bilan ishlashni ma’qul ko‘ruvchi radiostansiya va kompaniyalarga mo‘ljallangan. Shunga ko‘ra, BBC va LBC ijtimoiy tarmoqning ilk mijozlari bo‘lishdi.
Endilikda, foydalanuvchilar Android va iOS dasturlari uchun mo‘ljallangan Facebook ilovasida «radio» eshitishlari mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, qayd etilishicha, iPhone va iPad egalari ijtimoiy tarmoqning ochiq servisida bu xizmatdan foydalana oladi. Android-qurilmalari foydalanuvchilari esa, mobil qurilma ekrani o‘chib turgan holatda ham efirni tinglashlari mumkin.
Facebook 2017 yil boshidan ijtimoiy tarmoq ishtirokchilarining barchasi uchun audiotranslyasiyalarni ishga tushirishni rejalashtirayapti.
Bundan avval, Facebook Messenger ilovasida guruh bo‘lib videochatlarni amalga oshirish imkoni paydo bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi