16:51 / 22.12.2016
6 793

Xiaomi Mi S smartfoni 4,6 dyuymli ekran bilan jihozlanishi mumkin

Xiaomi Mi S smartfoni 4,6 dyuymli ekran bilan jihozlanishi mumkin

Shu kunlarda internet tarmog‘ida Xitoyning Xiaomi kompaniyasining Mi S smartfoniga tegishli suratlar paydo bo‘lmoqda. Suratga e’tibor qaratilsa, smartfonga 1080r aniqlikdagi 4,5-5 dyuym diagonalga ega displey o‘rnatilganini payqash mumkin.

Gizmo China nashrining xabar berishicha, Xiaomi Mi S Qualcomm Snapdragon 821 prosessori, 4 Gb tezkor xotira va 128 GB UFS 2.0 standartidagi doimiy xotira bilan jihozlanadi. Akkumulyator sig‘imi 2 600 mA/soat. Asosiy kamera aniqligi – 12 MP, old kameraniki esa 4 MP. Kichik sig‘imli batareya va o‘rtacha formatli displey smartfon qalinligini qisqartirishi kerak edi, biroq texnik parametrlarda aytilishicha Xiaomi Mi S korpusining qalinligi 8,2 millimetrni tashkil qiladi.

Asosiy kamera qo‘sh chaqnoq bilan kuchaytirilgan, kamera aperturasi — f/2,0, 4K aniqligida video yozish funksiyasiga ega. Model 4G+, 4G, 3G, 2G, NFC, ikki diapazonli Wi-Fi va Wi-Fi Direct texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilmaning taqdimot sanasi va narxi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Mi S smartfoni 4,6 dyuymli ekran bilan jihozlanishi mumkin