Keyingi oyning boshida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasini kutib o‘tirmasdan, Acer kompaniyasi Aspire C22 va C24 monobloklarini namoyish qildi. Ularga 21,5 va 23,8 dyuymli Full HD ekran o‘rnatilgan. Har ikkala model juda yupqa korpus bilan farqlanadi (yuqori qismining qalinligi 8 mm).
Terabayt.uz sayti yozishicha, kompyuterlarda 1 MPli veb-kamera kamera, Bluetooth 4.0 LE va Wi-Fi 802.11ac interfeyslari, shuningdek, USB 3.0 va USB 2.0 portlari ko‘zda tutilgan. Ovoz sozlangan dinamiklardan chiqariladi.
Aspire C22 to‘rt yadroli Intel Celeron J3160 prosessori, 4 GB DDR3L xotira bilan jihozlangan. Aspire C24 esa 2 yadroli Intel Core i3-6100U Skylake prosessorida ishlaydi, operativ xotira sig‘imi 8 GBga teng.
Acer Aspire C22 va C24 monobloklari 450 va 700 dollar narxida AQShda sotuvga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi