Fransiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali avtoyo‘l ochildi

  • 23 dekabr 2016, 14:48
  • 4 861
  • Texnologiya
  • Fransiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali avtoyo‘l ochildi

    Quyosh batareyali maxsus panellardan tayyorlangan dunyodagi ilk avtoyo‘l Fransiya g‘arbida avtomobillar harakatlanishi uchun ochildi, deya yozadi Terabayt.uz sayti.

    Yo‘lning tajriba sinov maydoni Normandiyada joylashgan. Trassaning faqat birinchi kilometri foydalanishga topshirilgan. Unda umumiy hajmi 28 kv.km. bo‘lgan maydonga quyosh batareyalari o‘rnatilgan.

    Mazkur loyiha davlat tomonidan 5 mln evro miqdorida mablag‘ bilan ta’minlandi. U 5 ming aholiga ega shaharni yoritishga etadigan elektr energiyasi hosil qilish imkonini berishi kerak.

    Quyosh batareyalari bilan qoplangan yo‘l birinchi marta tajriba sifatida bundan 2 yil avval Niderlandiyada qo‘llanildi. Unda avtomobillar uchun emas, balki velosipedlar uchun maydon tashkil qilindi va kuniga 2 ming velosipedchilar foydalandi. Endilikda Germaniya ham “quyoshli yo‘l”larni yaratishni rejalashtirmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Fransiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali avtoyo‘l ochildi