13:30 / 24.12.2016
6 464

Samsung va Hynix smartfonlar uchun 8 GBli operativ xotira etkazib beradi

Samsung va Hynix smartfonlar uchun 8 GBli operativ xotira etkazib beradi

8 GBli operativ xotiraga ega bo‘lgan smartfonlar davriga ko‘p vaqt qolmagan ko‘rinadi. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ancha oldin bunday hajmdagi xotira chipini yaratgan edi, endilikda esa Hynix firmasi bunday chipning apparat qismini tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.

Hynix takt chastotasi 3733 MGsli 8 GBli LPDDR4 (har biri 2 Gbli 4 ta mikrosxema) xotirani ishlab chiqarishga tayyor. Ushbu chipning axborot o‘tkazish imkoniyati 29,8 GB/s, u 21 nm texnojarayoni yordamida yaratiladi. Chipning nisbatan kamroq energiya sarflaydigan versiyasini 2017 yilda sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Taqqos uchun, Samsung tomonidan 10 nm texnojarayoni orqali yaratilgan 8 GBli chip 4266 MGs chastotaga ega. Hynix mahsuloti undan biroz kuchsiz va ko‘proq quvvat sarflaydi.

Hynix firmasi xitoylik ishlab chiqaruvchilardan boshlab, Dell, Apple va boshqa gigantlarga turli xotira chiplarini etkazib beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung va Hynix smartfonlar uchun 8 GBli operativ xotira etkazib beradi