13:33 / 24.12.2016
5 897

MegaFon Mail.Ru Group’ning nazorat aksiyalarini sotib oladi

MegaFon Mail.Ru Group’ning nazorat aksiyalarini sotib oladi

Rossiyaning MegaFon mobil operatori Mail.Ru Group kompaniyasining 63,8 foizli nazorat aksiyalarini xarid qiladi, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Mazkur kelishuvning umumiy summasi 740 mln dollarga teng bo‘lib, undan 640 mln dollar qismi bitim yopilishida, qolgan 100 mln dollari esa bir yil ichida to‘lanishi lozim.

Aksiyalar USM kompaniyalar guruhiga kiradigan New Media and Technology Investment LP, New Media Technologies Capital Partners Limited va Ardoe Finance Limited kabi firmalardan sotib olinadi. MegaFon direktorlar kengashi tez orada aksionerlar yig‘ilishida ushbu bitimni tasdiqlash maqsadida.

Ikkala kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday kelishuv hamkorlikda yaratilgan servislarni takomillashtirish va ularning sonini ko‘paytirishga yordam berar ekan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » MegaFon Mail.Ru Group’ning nazorat aksiyalarini sotib oladi