Tayvanning ASUS kompaniyasi joriy yilda o‘tkazilgan Computex 2016 ko‘rgazmasida uy uchun mo‘ljallangan Zenbo robotini namoyish qilib, uni yil oxirigacha sotuvga chiqarishini ma’lum qilgan edi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Robot uy ichida mustaqil harakatlanishi, ekranli yuzida turli yuz ifodalarini hosil qilishi mumkin. Unga o‘rnatilgan maxsus sensorlar uydagi to‘siqlarni aylanib o‘tishga yordam beradi, kameralar esa video aloqa orqali bog‘lanishga imkon yaratadi, Xonadonda hech kim bo‘lmasa, robot uyni qo‘riqlashga xizmat qiladi, mabodo uyga begona odam kiradigan bo‘lsa, bu haqda u xonadon egasini ogohlantiradi.
Zenbo suhbatdosh savollariga javob qaytaradi va rejalangan hodisalar haqida eslatib turadi. U bolalar bilan turli o‘yinlar o‘ynashi, qo‘shiq kuylashi va hatto ularga ertak aytib berishi ham mumkin. Sozlangan servislar yordamida Zenbo taksi chaqiradi va internetda xaridlarni amalga oshiradi. Favqulodda holat paytida robot orqali qutqarish xizmatiga (Tayvanda) qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud.
Tayvanda robotning narxi 620 dollardan boshlanishi ma’lum qilingan (32 GBli versiya uchun).
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi