Kuba respublikasi Core i3, Celeron va Core i5 prosessorlari bazasida noutbuk va planshetlarni ishlab chiqaradi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.
Kompyuter texnikasi ishlab chiqarishni Kuba informatika sanoat korxonasiga tegishli fabrika yo‘lga qo‘ydi.
Zavodda sakkiz va o‘n dyuymli diagonalga ega ikki xil modeldagi planshetlarni chiqarish ko‘zda tutilgan. O‘n dyuymli versiyasi klaviatura bilan birga sotiladi.
Ishlab chiqaruvchilar kompyuterlarning uzoq vaqt xizmat qilishi uchun, mahalliy iqlim sharoitlarini, xususan, yuqori namlik darajasini hisobga oldi. Testlar chog‘ida ishlab chiquvchilar 27 ta turli sinovlarni o‘tkazdi.
Yig‘ish sexi kuniga 500 tagacha elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 2017 yilda yangi korxona 120 mingga yaqin mahsulot ishlab chiqaradi, ular birinchi bosqichda mahalliy hukumat va ta’lim muassasalariga etkazib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi