23:11 / 26.12.2016
6 377

Xiaomi Mi6 flagmani taqdim etiladigan taxminiy sana ma’lum bo‘ldi

Xiaomi Mi6 flagmani taqdim etiladigan taxminiy sana ma’lum bo‘ldi

Shubhasiz, so‘nggi yillarda xitoylik nomdor smartfon ishlab chiqaruvchilarning yangi smartfonlari juda katta qiziqish bilan kutib olinmoqda. Masalan, yaqinda Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi5S modelini sotuvga chiqargan edi, biroq oradan oz vaqt o‘tganiga qaramay, internet tarmog‘ida Xiaomi Mi6 flagmaniga doir yangiliklar paydo bo‘lmoqda.

Terabayt saytining ma’lum qilishicha, navbatdagi flagman 2017 yilning 14 fevral sanasida taqdim etilishi mumkin. Shu bilan birga, Xitoyning Weibo mikroblogida 6 raqami va 14 fevral sanasi aks ettirilgan tizer ham paydo bo‘lgan. Hozircha tizerning aniqligi shubha ostida. Biroq kompaniya yilning birinchi choragida yangi flagman taqdim etishi odatga aylangan.

Xiaomi Mi6 flagmani Snapdragon 835 prosessorida ishlaydigan ilk qurilmalardan bo‘lishi kutilmoqda. U 20 Mpli qo‘sh kameraga ham ega bo‘lishi mumkin. Hozircha boshqa texnik parametrlar oshkor etilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Mi6 flagmani taqdim etiladigan taxminiy sana ma’lum bo‘ldi