23:39 / 26.12.2016
6 341

Overwatch o‘yini mualliflarga 585 million dollar daromad keltirdi

Overwatch o‘yini mualliflarga 585 million dollar daromad keltirdi

Avvalroq saytimizda xabar berganimizdek, Overwatch o‘yini xalqaro The Game Awards 2016 tanlovida yilning eng yaxshi o‘yini sifatida e’tirof etilgan edi. Bundan bir necha kun oldin VG 247 nashrida esa aynan ushbu o‘yin joriy yilda mualliflarga eng ko‘p daromad keltirgan shu turdagi mahsulot bo‘lganligi qayd etilgan.

Terabayt.uz saytining yozishicha, Overwatch daromadning asosiy qismini kompyuterga chiqarilgan versiyadan olishga muvaffaq bo‘lgan. O‘yin 2016 yilda o‘z mualliflariga 585,6 mln AQSh dollari miqdorida daromad keltirib, bu borada Counter-Strike: Global Offensive, Guild Wars 2 va Minecraft o‘yinlarini ortda qoldirgan.

2016 yilda eng daromadli o‘yin loyihalari bilan tanishing:
  • Overwatch – $585,6 million
  • Counter-Strike: Global Offensive – $257,2 million
  • Guild Wars 2 – $91 million
  • Minecraft – $88,7 million
  • Fallout 4 – $74,9 million

Qizig‘i shundaki, bitta o‘yinchiga mo‘ljallangan RPG Fallout 4 o‘yini ham kuchli beshlikdan o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Overwatch o‘yini mualliflarga 585 million dollar daromad keltirdi