Samsung kompaniyasi 2017 yilda Galaxy S8 flagmanlarining yangi avlodini namoyish qiladi. Kun.uz nashrining PhoneArena saytiga asoslanib ma’lum qilishicha, yangi smartfonlar qatori 8 Gb operativ va UFS 2.1 tezkor xotiraga ega bo‘ladi.
Galaxy S8 biryo‘la ikki model ko‘rinishida taqdim etiladi - asosiy (5 dyuym) va «Plus» pristavkali kattalashtirilgan (6 dyuym). Manbaga ko‘ra, ular 8 Gb operativ xotiraga ega bo‘ladi. Bundan avvalgi flagman qurilma - Galaxy Note 7 operativ xotirasi esa atigi 4 Gb bo‘lgan.
Flesh-xotirada ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Samsung flagmanlari UFS 2.1 tezkor xotira standartiga ega bo‘ladi. Galaxy S8 prosessori 10 nanometrli texnik jarayon bo‘yicha ishlaydi. Bu Qualcomm va Samsung hamkorligida ishlab chiqarilgan Snapdragon 835 prosessori bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Galaxy S8 taqdimoti 2017 yilning aprelida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi