Germaniyaning BMW kompaniyasi 2017 yilda i8 gibrid kupesini restayling va modernizasiya qiladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, yangilangan modelda Formula E chempionatida qatnashgan elektr bolidning xavfsizlik tizimi qo‘llaniladi. Aslida, o‘sha poyga mashinasi ham i8 negizida barpo qilingan. 1,5 litrlik, uch silindrli ichki yonuv dvigateli hamda elektromotordan iborat agregat 362dan 377 ot kuchigacha kuchayadi.
Hozircha, ot kuchining ortishi uning dinamikasiga qanchalik ta’sir qilishi noma’lum. BMW i8 joyidan «yuz»ga 4,4 soniyada erisha oladi, uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrga etganida elektronika bilan cheklanadi.
Bundan tashqari, kupega litiy-ionli akkumulyatorlarning modernizasiya qilingan to‘plami o‘rnatiladi. Uning hajmi 7,1dan 10 kilovatt-soatgacha ortadi. Ammo, bu uning harakatlanish masofasini qanchalik uzaytirishi ham ma’lum qilinmagan. Va nihoyat, BMW i8 takomillashgan podveskaga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi