San-Fransisko (AQSh, Kaliforniya) shahrida istiqomat qiladigan Deniel Baskin ismli dizayner dronlar uchun haroratni saqlaydigan va batareya zaryadini tejaydigan turli ko‘ylaklarni namoyish qildi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
“Hammasi hazildan boshlandi. Biroq sovuq o‘lkalarda yashaydigan dron egalari menga qish faslida qurilmaning zaryadi tez tugab qolayotgani haqida gapirgan edilar. Shu tarzda mobil isitgichlar bilan ta’minlangan dron ko‘ylaklarini ishlab chiqdik”, — deydi dizayner.
Ayni paytda ko‘ylakning narxi 189 dollarni tashkil qiladi.
Deniel Baskin noodatiy dizayn ishlari bilan yaxshi tanilgan. Masalan, u avvalroq Pluton yuzasi aks etgan gobelenlar va uch g‘ildirakli velosipedlarda harakatlanadigan do‘konlar dizaynini yaratgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi