11:49 / 29.12.2016
6 750

Apple qurilmalarni simsiz quvvatlaydigan stolni patentladi (foto)

Apple qurilmalarni simsiz quvvatlaydigan stolni patentladi (foto)

Apple kompaniyasi qurilmalarni simsiz zaryadlaydigan stolni patentladi, deya yozmoqda «Daryo» nashri. Ushbu g‘oya yangi emas, avvalroq IKEA shunga o‘xshash jihozni taqdim etgan edi.

«Virtual zaryadlash zonasi» nomli patent arizasi 2013 yilda berilgan, ammo Amerika patentlar va savdo belgilari byurosi uni endigina tasdiqladi. Hujjatda aytilishicha, stolning yuzasi tekis bo‘lmasligi mumkin — ma’lum joylarga magnit maydoni generatorlari joylashtiriladi, gadjetlar ulardan quvvat oladi.


Patent arizasining ma’qullanishi iPhone 7s, 7s Plus yoki 8 simsiz quvvat olish funksiyasiga ega bo‘lishini qisman tasdiqlaydi, deb yozadi nashr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple qurilmalarni simsiz quvvatlaydigan stolni patentladi (foto)