22:59 / 30.12.2016
9 649

Kayfiyat haqida ma’lumot beruvchi ilk ko‘zoynaklar ishlab chiqariladi

Kayfiyat haqida ma’lumot beruvchi ilk ko‘zoynaklar ishlab chiqariladi

Italiyaning Safilo kompaniyasi egasining kayfiyatini hisoblay oladigan ko‘zoynaklarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ko‘zoynak ikki xil variantda ishlanadi: oddiy shisha va rangli shisha. Yangi devaysning to‘liq taqdimoti 2017 yilning yanvarida Las-Vegasda, Consumer Electronics Show ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda "The Daily Mail"ga asoslanib "Kun.uz" sayti xabar berdi.

"Aqlli" ko‘zoynaklar ko‘rinishidan xuddi oddiy ko‘zoynakdek ko‘rinadi. U maxsus kamera va displeylarsiz bo‘lsa-da, 5 datchikka ega. Bu datchiklar inson bosh miyasidagi to‘lqinlar signallarini aniqlay oladi. Ular orqali olingan ma’lumotlar smartfondagi ilovaga yuboriladi. Ilova, o‘z o‘rnida, uni tahlil qilib, ko‘zoynak egasining kayfiyatini va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlaydi.

Aksessuar vazni - atigi 36 gramm, akkumulyator zaryadi esa qurilmaning bir hafta davomida to‘xtovsiz ishlashiga etadi. Ko‘zoynak smartfonga Bluetooth orqali ulanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasi ham shunga o‘xshash devays ustida ishlamoqda. "Olma" kompaniyasi gadjeti odatiy linzalar o‘rniga maxsus displeylar bilan ta’minlangan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Manbada ta’kidlanishicha, mazkur displeyda tasvirlar, matnlar va boshqa ma’lumotlar aks etadi. Apple'ning sirli gadjeti bejiz tilga olinmadi: gap shundaki, Safilo o‘z ko‘zoynaklarining ikkinchi versiyasiga ana shunday funksiyalarni qo‘shishni rejalashtirmoqda (birinchi versiya muvaffaqiyat qozongan taqdirda, albatta).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kayfiyat haqida ma’lumot beruvchi ilk ko‘zoynaklar ishlab chiqariladi