Bundan taxminan ikki haftacha oldin shu yilning sentyabr oyida namoyish qilingan Apple Airpods simsiz naushniklari bir necha oylik kechikishdan keyin sotuvga chiqarilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Ayni paytda mazkur naushniklar dunyoning turli mamlakatlarida yashaydigan foydalanuvchilar tomonidan xarid qilinmoqda. Gadjetning do‘kon rastalariga qo‘yilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi, ammo hozirdanoq foydalanuvchilar gadjet g‘ilofining zaryadi tez tugab qolishidan shikoyat qilishmoqda.
Bundan avvalroq Apple kompaniyasi Airpods g‘ilofi naushniklarni 24 soat davomida avtonom ishlashga etadigan zaryad bilan ta’minlashi haqida ma’lum qilgan edi. Biroq ko‘plab foydalanuvchilar g‘ilofdagi zaryad bir kechada 100 foizdan 15-20 foizga tushib qolayotganini aytishgan. Bluetooth faolligini minimum darajada ushlab turish ham yordam bermayapti.
Terabayt.uz sayti qayd etishicha, Apple hozirdan shikoyat bilan murojaat qilgan mijozlarga gadjetni almashtirib bermoqda. Almashtirilgan g‘iloflarda yuqoridagi muammo kuzatilmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?