19:51 / 17.04.2015
13 961

Endi yo‘qolgan telefonni Google orqali topish mumkin bo‘ldi

Endi yo‘qolgan telefonni Google orqali topish mumkin bo‘ldi

Endi Google yo‘qolgan va o‘g‘irlangan telefonlarni ham qidirib topadigan bo‘ldi. Hozircha bu faqat Android telefonlar uchun ishlaydi. Bu haqda “«Afisha.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Agar telefoningiz o‘g‘irlansa yoki uni shunchaki topa olmayotgan bo‘lsangiz, stol kompyuterida Google qidiruv tizimiga find my phone jumlasini tering. Bu ish berishi uchun telefonga Google dasturining so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Google bosh sahifasida find my phone so‘rovini bergach, haqiqatan ham telefon egasi ekanligingizni tasdiqlash uchun tizimga qaytadan kirish zarur, shunda xaritada qurilmaning taxminiy joyini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Agar u qayerdadir yo‘qolib qolgan bo‘lsa, qidiruv sahifasi orqali smartfonga ovozli signal yuborish mumkin, u besh daqiqa davomida maksimal balandlikda yangrab turadi. Shuningdek yangi funksiya yordamida telefonni bloklash yoki smartfondagi ma’lumotlarni o‘chirish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Endi yo‘qolgan telefonni Google orqali topish mumkin bo‘ldi