22:02 / 03.01.2017
5 474

Apple besh yoshli qiz halok bo‘lgan YTHga aloqadorlikda gumon qilinmoqda

Apple besh yoshli qiz halok bo‘lgan YTHga aloqadorlikda gumon qilinmoqda

Texaslik (AQSh) juftlik Apple korporasiyasini YTHga aloqadorlikda ayblamoqda. Ushbu YTHda ularning besh yashar qizi halok bo‘lgan edi, deb xabar beradi «Daryo».

23 dekabr kuni Kaliforniya oliy sudiga kiritilgan da’vo arizasiga ko‘ra, Jeyms va Betani Modisett kompaniyani FaceTime’ning xavfsiz muqobilini yarata olmaganlikda aybdor deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, ularning fikricha, kompaniya haydovchilarni mazkur dastur ayrim vaziyatlarda xavf tug‘dirishidan ogohlantirmagan.

2014 yilgi Rojdestvo arafasida Dallas shahri yaqinida YTH ro‘y berdi. Modisett oilasining avtomobilida, juftlikdan tashqari, ularning ikki qizi ham bor edi. Ularning ortidan kelayotgan avtomobil haydovchisi Garrett Vilxelm FaceTime orqali suhbatga berilib ketgan, buning oqibatida uning Toyota 4Runner mashinasi katta tezlikda Modisettlar oilasi mashinasiga urildi. Barcha oila a’zolari jarohat oldi, ammo qizlardan birini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple besh yoshli qiz halok bo‘lgan YTHga aloqadorlikda gumon qilinmoqda