Shveysariyaning Jeneva shahrida 43-marta Xalqaro innovasiyalar ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar beradi «Kun.uz».
Unda dunyoning 48 mamlakatidan kelgan 750 nafar ishtirokchi o‘z ishlanmalarini ko‘rgazmaga qo‘yishdi.
Jeneva ko‘rgazmalari har yili fan va texnika rivoji uchun yangidan-yangi g‘oyalarni taqdim etib kelmoqda.
Joriy yilda ham Jeneva salonida Rossiya, Xitoy, Misr, Tailand, Janubiy Koreya, Eron, Polsha, Shveysariya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Malayziya, Moldava va BAA kabi ilg‘or davlatlardan vakillar ishtirok etishdi.
Shuningdek, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Benin, Chernogoriya, Malta va Paragvay davlatlaridan ko‘rgazma tarixida ilk marta ishtirokchilar kelishi kuzatildi.
BAA fuqarosi bo‘lgan Ahmad Majjan namoyish qilgan qurilma ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. U yasagan otlar uchun egarga kompas, giroskop, GPS navigatori va ot yopinchig‘i ichini salqinlatib turuvchi moslama o‘rnatilgan.
Egardagi maxsus tugmani bosish orqali, hudud sharoitlari haqidagi ma’lumotlar olish, harakatlanish tezligi va otliqning pulsini o‘lchash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring