Samsung kompaniyasining yangi aqlli televizorlarida Google Chromecast servisiga o‘xshagan yangi funksiya paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Yangi funksiya Samsung Smart View ilovasida ko‘zda tutiladi va bevosita smartfondan turli servislarda ochilgan onlayn videolarni jonli tarzda televizor ekraniga uzatishga xizmat qiladi. Hozirda Smart View ilovasi orqali telefon xotirasida saqlangan video, musiqa va rasmlarni televizorga uzatsa bo‘ladi.
Ushbu ilovaning iOS dasturi uchun chiqarilgan yangi versiyadan olingan skrinshotlar mazkur yangi imkoniyatdan darak bermoqda. Skrinshotlarda YouTube, Amazon Prime Video va Hulu kabi videoxosting ikonkalarini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, ilova smartfondan distansion pult sifatida foydalanish imkoniyatini ham beradi. Bunday yangi funksiyaga ega televizorlar tez orada CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi