12:58 / 18.04.2015
7 682

1 iyuldan Ostonada avtobuslarda bepul internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi

1 iyuldan Ostonada avtobuslarda bepul internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi

2015 yilning 1 iyulidan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri jamoat transportida bepul internetdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar beradi «Kun.uz».

Ostona hokimiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, hokim o‘rinbosari Nurali Aliev “Beeline Qozog‘iston” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Taras Parxomenko bilan uchrashib, shaharda qatnaydigan 100ta avtobusda bepul internet manbalarining o‘rnatilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Xabarnomada ta’kidlanishicha, 1 iyuldan xizmat faqat 50ta avtobusda ishga tushiriladi, qolgan avtobuslar 1 oktyabrga qadar bepul internet bilan ta’minlanadi.

Joriy yilning fevralida Olma-Ota shahri avtobuslari va tramvaylarida bepul internet xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 1 iyuldan Ostonada avtobuslarda bepul internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi