14:14 / 06.01.2017
6 014

Xiaomi o‘ta ingichka televizor taqdim etdi (Video)

Xiaomi o‘ta ingichka televizor taqdim etdi (Video)

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi xalqaro ko‘rgazmalarda faol ravishda qatnashib kelmoqda. Avvaliga – Barselonadagi MWC 2016’da uzoq kutilgan Mi5 smartfoni taqdim etildi. CES 2017’da esa oq rangdagi Mi Mix namoyish etildi. Biroq Xiaomi’ning Mi TV 4 televizori eng uzoq kutilgan yangiliklardan biri bo‘ldi. U juda ham ingichka bo‘lib (4,9 millimetr), ramkasizdir.

Xiaomi Mi TV 4 boshqa oddiy televizorlardan farqli ravishda ko‘rinmas ramkaga ega. Uning ingichkaligi esa zamonaviy smartfonlardan ham yupqaroqdir.

Xiaomi alohida Mi TV Bar’da plata va audio bloklarni taklif etadi. Bu esa agarda siz televizoringiz imkoniyatini yanada kuchaytirmoqchi bo‘lsangiz, yangi TV Bar’ni xarid qilishingiz kifoya qilishidan darak beradi. Bunday o‘zgarishning narxi televizor narxidan 20 foizni tashkil etadi, xolos.

Yana bir o‘ziga xos jihat - Mi TV Bar’ning televizor bilan bittagina sim orqali ulanishidir, qolgan barcha funksiyalar TV Bar’ning o‘ziga ulanadi.

Shuningdek, Xiaomi yangiligida ilovalar va kontent ekotizimi, audiotizim bilan moslashish imkoni va Dolby Atmos ham bor.

Uning taxminiy narxi 65 dyuymli audiobar bilan majmua uchun 2000 AQSh dollaridan iborat. 55 dyuymli yangilik esa kamida 1500 AQSh dollariga baholanishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi o‘ta ingichka televizor taqdim etdi (Video)