18:27 / 06.01.2017
5 872

Apple Janubiy Koreyada o‘zining ilk chakana do‘konini ochishni rejalashtirmoqda

Apple Janubiy Koreyada o‘zining ilk chakana do‘konini ochishni rejalashtirmoqda

Apple bozorida asosiy raqobatchisi Samsung Electronics etakchilik qiladigan Janubiy Koreyada o‘zining ilk chakana do‘konini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Kompaniya 6 yanvar, juma kuni o‘z veb-saytida Janubiy Koreyada 15 ta ish o‘rni, jumladan, do‘kon rahbari lavozimiga tanlov e’lon qilinishi haqida ma’lumot joyladi. Biroq Apple vakillari do‘kon qachon va qayerda ochilishini oshkor etishdan bosh tortdi.

Janubiy Koreya Apple uchun murakkab bozor bo‘lib, mamlakatda sotilayotgan smartfonlarning 80 foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilar — Samsung va LG Electronics hissasiga to‘g‘ri keladi.

Apple Janubiy Koreyada o‘z mahsulotlarini mahalliy aloqa operatorlari, shuningdek, kompaniya vakillari sifatida lisenziya oladigan riteylerlar yordamida sotadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Janubiy Koreyada o‘zining ilk chakana do‘konini ochishni rejalashtirmoqda