16:52 / 07.01.2017
6 848

Uchta ekranga ega birinchi noutbuk taqdim etildi (foto)

Uchta ekranga ega birinchi noutbuk taqdim etildi (foto)

Amerikaning o‘yin uskunalarini ishlab chiqaruvchi Razer kompaniyasi CES 2017 xalqaro ko‘rgazmasida uchta ekranga ega dunyodagi birinchi noutbukni taqdim etdi, deb yozadi «Daryo». Project Valerie deb nomlanuvchi yangi qurilma 17,3 dyuymli ekranlarga ega.

Project Valerie Blade Pro modeli bazasida ishlab chiqilgan. Ikkita qo‘shimcha ekran noutbukning qopqog‘i ochilgach, markaziy qismdan surib chiqariladi. Elranlarning har biri 3840×2160 pikselli bo‘ldi.

Ekrani uchta bo‘lganligi sababli, noutbukning og‘irligi 5,5 kilogrammga etadi, qalinligi esa 3,8 santimetrga teng.

Shuningdek, qurilma Nvidia GeForce GTX 1080 videokartasi va Intel Core i7 baquvvat prosessori bilan jihozlanadi.

Noutbuk bozorga aynan qachon chiqishi va uning narxi hozircha sir tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uchta ekranga ega birinchi noutbuk taqdim etildi (foto)