Koreyalik olimlar smartfon ekrani qarshisida 3 soat va undan ko‘p vaqtni o‘tkazuvchi bolalar Quruq ko‘z sindromiga (QKS) chalinishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda Orthodox tibbiy portaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, QKS belgilari yo‘qolishi uchun bolalar bir oy davomida smartfonlardan foydalanishmagan.
Quruq ko‘z sindromi organizm etarlicha ko‘z yosh ishlab chiqara olmaganda yuzaga keladi. Natijada ko‘zlar qizarib, achishadi. Bunday paytda ko‘zga xuddi biror narsa tushgandek tuyuladi.
Umuman olganda, QKS asosan keksalarda kuzatiladi. Biroq so‘nggi paytlarda kasallik shiddat bilan "yoshara boshladi", sindrom bolalarda ham aniqlanmoqda. Olimlarning ishonchi komilki, bunga smartfonlarning ko‘payishi sabab bo‘lmoqda.
Ushbu nazariyani tekshirib ko‘rish uchun koreyalik olimlar 7-12 yoshdagi 916 nafar bola ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Ko‘rish qobiliyati tekshiruvi davomida bolalarning 6,6 foizida Quruq ko‘z sindromi aniqlandi. Ularning deyarli barchasi kun davomida 3,2 soatdan smartfonlardan foydalanishgan.
Sog‘lom natija ko‘rsatgan bolalarning yarmi esa gadjetlardan foydalanmagani ma’lum bo‘lgan, qolgan bolalar esa mobil telefondan o‘rtacha 37 daqiqadan foydalanishgan.
Mazkur sindromdan aziyat chekuvchi bolalardan bir oy davomida gadjetlardan foydalanmaslik so‘raldi. Natijada kasallik belgilari yo‘qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?