Google Italiya hukumatiga soliq kamomadi uchun 280 mln evro tovon puli taklif qildi

  • 10 yanvar 2017, 20:42
  • 4 431
  • Texnologiya
  • Google Italiya hukumatiga soliq kamomadi uchun 280 mln evro tovon puli taklif qildi

    AQShning Google kompaniyasi Italiya hukumatiga soliq kamomadi bilan bog‘liq vaziyatni bartaraf qilish maqsadida 270–280 million evro tovon puli to‘lashni taklif qildi. Ayni paytda mamlakat rasmiylari taklifni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo».

    Reuters agentligiga ko‘ra, kelishuvga erishish yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri Google bundan keyin Italiyada soliq to‘lab borishi talabi bo‘lmoqda.

    2016 yil yanvarida Italiya prokuraturasi Google’ni 2008–2013 yillar orasida 300 million evro miqdorida soliq to‘lamaganlikda aybladi. Tekshiruv natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Google kompaniya shtab-kvartirasini Italiyadan Irlandiyaga ko‘chirib, 800 million evro miqdoridagi daromadini yashirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Google Italiya hukumatiga soliq kamomadi uchun 280 mln evro tovon puli taklif qildi