13:07 / 12.01.2017
6 292

Facebook soxta xabarlarga qarshi kurashish va sifatli yangiliklarni yaratish uchun «Jurnalistika» loyihasini ishga tushirdi

Facebook soxta xabarlarga qarshi kurashish va sifatli yangiliklarni yaratish uchun «Jurnalistika» loyihasini ishga tushirdi

11 yanvar kuni Facebook o‘z jurnalistik loyihasini ishga tushirdi, uning maqsadi sifatli jurnalistikani yaratish, OAVlar bilan hamkorlik qilish va foydalanuvchilarga yangiliklar bo‘yicha savodxonlikni o‘rgatishdan iborat, deb yozadi "Daryo".

Facebook Journalism Project loyihasi yirik OAVlar bilan hamkorlik qilib, ular bilan birgalikda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish; jurnalistlarga maxsus treninglarda yangi texnologiyalar va instrumentlarni o‘rgatish; ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga sifatli va ishonchli axborot qidirishda yordam berish kabi uchta yo‘nalishdan iborat bo‘ladi.

The New York Times yozishicha, tez orada loyiha Washington Post va Vox kabi nashrlar bilan hamkorlikni boshlaydi. Kelajakda ushbu ro‘yxatni ancha kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Nashr qayd etishicha, Facebook o‘zining axborot tarqatishdagi roli haqida anchadan buyon mulohaza yuritmoqda. Ammo kompaniyani AQShdagi prezidentlik «poygalari» chog‘ida yangiliklarni manipulyasiya qilib, soxta xabarlar tarqatishda ayblashgach, ijtimoiy tarmoq qalbaki xabarlar tarqalishi muammosi bilan shug‘ullanishga kirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook soxta xabarlarga qarshi kurashish va sifatli yangiliklarni yaratish uchun «Jurnalistika» loyihasini ishga tushirdi