13:14 / 12.01.2017
7 619

WhatsApp’da GIF-animasiyalar qidiruvi joriy etiladi

WhatsApp’da GIF-animasiyalar qidiruvi joriy etiladi

WhatsApp messenjerining Android’dagi uskunalar uchun yangi beta-versiyasida animasion tasvirlarning tezkor qidiruvi funksiyasi paydo bo‘ldi. Endi bitta xabarda 30 taga fayl jo‘natish mumkin, deb xabar beradi «Daryo».

Androidpolice saytining bildirishicha, 2.17.6 beta versiyadagi WhatsApp’da GIF-tasvirlar qidiruvi joriy etildi. Ularni emodzi smayliklari qatoridan topish mumkin. Tugma bosilganida, mashhur animasiyalar ro‘yxati ochiladi. Shuningdek, kerakli rasmni qidiruvga berib topish mumkin bo‘ladi.

GIF-fayllar kutubxonasi animasion tasvirlar to‘plangan ikki mashhur servis — Giphy va Tenor’dan to‘planadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsApp’da GIF-animasiyalar qidiruvi joriy etiladi