18:18 / 12.01.2017
5 628

iPhone 8 korpusi uchun alyuminiy o‘rniga zanglamas po‘lat ishlatiladi

iPhone 8 korpusi uchun alyuminiy o‘rniga zanglamas po‘lat ishlatiladi

Apple kompaniyasi iPhone 8 modelining korpusini tayyorlashda alyuminiy qorishmasidan voz kechadi va uning o‘rniga zanglamas po‘latdan foydalanadi. Zanglamas po‘latdan qilingan qismning usti esa kuchaytirilgan shishavand qatlam bilan qoplanadi, deb yozadi Terabayt.uz sayti.

Qurilmalar Tayvanning Foxconn hamda AQShning Jabil kompaniyalari tomonidan yig‘ilishi ma’lum qilingan. Ishlab chiqarish jarayoni smartfonlarni yig‘ishga sarflanadiga vaqt va xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi, biroq sifat nazorati avvalgiday yuqori darajada saqlab qolinadi, deyiladi nashr xabarida.

Ushbu qaror natijasida iPhone uchun korpus etkazib beradigan Catcher Technology va Casetek kompaniyalari yangi tarkibdagi materiallarni ham qayta ishlash talab etilgani bois bundan zarar ko‘rmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8 korpusi uchun alyuminiy o‘rniga zanglamas po‘lat ishlatiladi