22:23 / 13.01.2017
6 472

Tramp uchun superantiqa avtomobil yaratilmoqda

Tramp uchun superantiqa avtomobil yaratilmoqda

AQShning bo‘lg‘usi prezidenti Donald Tramp uchun Cadillac limuzini yaratilmoqda. General Motors kompaniyasi va AQSh maxsus xizmatlari hamkorligida yaratilayotgan mashina Trampning xavfsizligini ta’minlash uchun eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Ikki yil davomida yaratilgan Cadillac Monster 2 deb ataluvchi bu mashina 20 sm li zirhli himoya, ko‘zni yoshlatuvchi gaz otuvchi zambarak, hayotni ta’minlash sun’iy qurilmasi va zaxira qon ballonlari bilan jihozlanadi.

AQSh OAV ma’lumotlariga ko‘ra, eng yangi prezident limuzini Trampning inaugurasiyasi kuni ommaga taqdim qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tramp uchun superantiqa avtomobil yaratilmoqda